Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 30-iyun kuni mamlakat shimoli-g‘arbida, KXDR va Xitoy o‘rtasidagi chegara o‘tadigan Yaluszyan daryosi etagida joylashgan orollarga tashrif buyurdi, deb yozadi Meduza. U yerda Kim Chen In harbiy qismni va fermani ko‘zdan kechirdi.
Shimoliy Koreya televideniyesi tarqatgan kadrlarga ko‘ra, safar chog‘ida KXDR yetakchisi Rossiyada ishlab chiqarilgan yashil rangli LADA Priora avtomobilida harakatlangan.
Shimoliy Koreya yetakchisi tanlagan modelga ilgari Rossiyada talab katta bo‘lgan, ammo so‘nggi yillarda LADA Priora tobora kamroq sotilmoqda. 2018-yildan Priora’ni ishlab chiqarish to‘xtatiladi.
Izoh (0)