Janubiy Koreya va KXDR harbiy-dengiz kuchlari va harbiy kemalari o‘rtasidagi aloqa tarmoqlari 10 yil o‘tib 1-iyun, yakshanba kuni qayta tiklandi. Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Xabar qilinishicha, 1-iyun, yakshanba kuni KXDR va Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlarining patrul kemalari o‘rtasida sinov aloqa seansi tashkil qilindi.
Aloqa tarmoqlarini tiklash to‘g‘risidagi kelishuv 2018-yil aprel oyida ikki Koreya yetakchilari sammiti doirasida imzolangan.
Izoh (0)