• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qo‘yliqdagi mardikor bozoriga viloyatlardan kelgan 150 dan ortiq ayol ishga chiqmoqda. Ular orasida homiladorlar, yosh bolalilar va qizlar ham bor

    O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Bizning jamiyatda har bir ayol davlat himoyasidadir!” shiori ostida Toshkent shahrining Qo‘yliq bozori atrofidagi norasmiy yollanma ish shoxobchalarida bir martalik ishda band bo‘luvchi xotin-qizlar bilan sayyor qabul tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita matbuot bo‘limi ma’lum qildi.

    Foto: O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

    Foto: O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

    Sayyor qabul tashkil qilinishidan oldin hafta davomida shoxobchadagi xotin-qizlarning har biri bilan alohida suhbat olib borildi va ularning muammolari o‘rganildi. Muloqotlarda asosiy muammolar ishsizlik, uy-joyining yo‘qligi, turmushidan ajralgani va boquvchisining yo‘qligi, norasmiy nikohlar va fuqarolik pasportining mavjud emasligidan iborat ekanligi aniqlandi.

    Qo‘yliq bozoridagi norasmiy yollanma ish shohobchalarida faoliyat olib borayotgan ayollar soni 150 nafardan ortiq. Ular asosan Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridan kelgan. Sayyor qabul davomida 112 nafar ayolning muammolari o‘rganildi. Bir kunning o‘zida 67 nafar ayolning muammolari bartaraf etildi.

    Foto: O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

    Foto: O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

    Ma’lum bo‘lishicha, ularning aksariyati o‘z hududlaridagi Xalq qabulxonalariga murojaat qilgan, biroq muammolari o‘z yechimini topmagan. Shu tufayli muammolari hududlarda hal bo‘lishiga ishonchsizlik paydo bo‘lgan. Ushbu shoxobchalardagi ayollarning aksariyati viloyatlardan kelgan bo‘lib, ularda nafaqat ishsizlik masalasi, balki tibbiy, uy-joy, ijtimoiy va huquqiy muammolar borligi ham aniqlandi. Muammolarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va viloyatlar xotin-qizlar qo‘mitalari vakillari, IIB xodimlari, DSQ, Bandlikka ko‘maklashish markazi, Sog‘liqni saqlash bo‘limlaridan vakillar hozir bo‘ldi.

    Birgina Andijon misolida olinadigan bo‘lsa, viloyatdan xotin-qizlar qo‘mitasi kotibiyat mudiri, Bandlikka ko‘maklashish markazi, prokuratura, IIB vakillari hamda viloyat bosh otinoyisi ishtirok etdi. Ular Qo‘yliq bozori atrofidagi norasmiy yollanma ish shoxobchalarida ishlayotgan xotin-qizlarning muammolarini joyida o‘rganib, ushbu muammolarni zudlik bilan hal qilish, Andijon viloyatidagi yashash manzillariga qaytarib, bandlik va uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rdi.

    Shuningdek, viloyatdan kelgan mutasaddilar Toshkent shahrining boshqa tumanlaridagi ana shunday norasmiy mehnat shoxobchalariga borib, u yerda faoliyat olib borayotgan boshqa andijonlik ayollarni ham topib, o‘z oilalariga qaytarib, muammolarini barataraf etishlarini ma’lum qildi.

    Foto: O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

    Foto: O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

    Joriy yilning 5 oyi mobaynida mamlakatda 131 mingdan ortiq ayol O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ish bilan ta’minlandi. Afsuski, Toshkentga vaqtincha ish izlab kelganning aksariyati o‘zlari istiqomat qilayotgan hududlarda hukumat tomonidan imkoniyatlar yaratilganidan, aholiga berilayotgan kreditlarning soliq stavkasi 4 foizgacha tushirilganligidan bexabar. Ayrim ayollar bir necha oy va undan ham ko‘proq vaqt davomida viloyatlariga bormagan, ko‘pchiligida fuqarolik pasporti mavjud emas va bu ularning ishga kirishda katta to‘siq bo‘lmoqda.

    Ayollar orasida turli yoshdagi onaxonlar, yosh bolali ayollar, qizlar, hatto homilador ayollar bor ekanligi kishini tashvishga soldi. 62 yoshdagi onaxon turmush o‘rtog‘i vafot etgani, uy-joyga ehtiyoji borligini bildirdi. Ayrim kelinchaklar turmush o‘rtoqlarining zo‘ravonliklaridan Toshkentga qochib kelgani ma’lum bo‘ldi.

    Foto: O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

    Foto: O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

    Tadbir davomida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining tashabbusi bilan yana bir xayrli ishga qo‘l urildi. Ishsiz yurgan, qo‘lida hunari yo‘q qizlarga ma’lum yo‘nalishda hunar o‘rgatish va ularni qo‘shimcha daromad topa olishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida ularni kerakli asbob-uskuna bilan ta’minlash rejalashtirildi.

    Qo‘yliq bozori atrofidagi norasmiy yollanma ish shohobchalarida ishlayotgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va mehnat daftarchasini rasmiylashtirish, farzandlarini tashlab kelgan kelinchaklarni turmush o‘rtog‘i bilan yarashtirib, oilasi bag‘riga qaytarish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va boshqa ijtimoiy muammolarini bartaraf etish belgilab olindi. Sayyor qabul Toshkent shahrining Sergeli, Olmazor tumanlarida va Toshkent viloyatida ham reja asosida tizimli ravishda o‘tkazilishi yuzasidan kelishib olindi.

    30.06.2018, 20:42   Izoh (0)   48688
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 3 yilda ishlab chiqarishda 1214 baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Ulardan 241 tasi o‘lim bilan yakunlangan

    30.06.2018, 20:11

    Termizda “Aqlli bekat” foydalanishga topshirildi

    30.06.2018, 19:41

    Shahrisabzlik Qahramon Uzoqov nogironlik aravachasida sayohatga chiqib, 300 km masofani bosib o‘tdi

    30.06.2018, 15:30

    O‘zbekistonda 2018-yilda birinchi marta deflyatsiya qayd etildi

    30.06.2018, 15:12

    Davlat soliq qo‘mitasi tizimida 1245 nafar xodim ishdan bo‘shatildi

    30.06.2018, 14:43

    Samarqand viloyat IIB dronlardan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi

    30.06.2018, 14:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
    Audio Icon

    Otib ketilgan yoki zaharlangan – XXI asrda Rossiyada shubhali tarzda halok bo‘lgan yoki o‘ldirilgan taniqli shaxslar

    13 avgust, 11:35

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzodxon Qudratxo‘jani kamsitgan bloger jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 13:26

    “Vodiy derbisi”, muxlislarga to‘la stadion va so‘nggi daqiqalardagi gol: “Andijon” va “Navbahor” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 13 avgust, 13:18

    Rossiya armiyasi Tramp va Putin uchrashuvi arafasida frontda oldinga siljidi — Reuters

    Dunyo | 13 avgust, 13:12

    O‘zbekistonda qator yo‘lovchi poyezdlari tezligi oshiriladi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 13:00

    Qozog‘istonda Starlink rasman ishga tushirildi

    Dunyo | 13 avgust, 12:51

    Apple 2017-yildan beri ilk bor iPhone narxlarini oshiradi

    Gadjetlar | 13 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.