• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Termizda “Aqlli bekat” foydalanishga topshirildi

    O‘zbekistonda ilk bor nishonlanayotgan Yoshlar kuni munosabati bilan respublikaning eng yosh vazirligi — Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Termiz shahrining yosh tadbirkorlari hamkorligida Surxondaryo viloyati markazida innovatsion jamoat transport bekatlari foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

    Termiz shahrida ikkita “Aqlli bekat”ning qurilishi yakunlanib, to‘liq jihozlandi. Yana 8 ta shunday bekatning qurilishi davom etmoqda.

    Ishga tushgan zamonaviy bekatlarga yozgi-qishki konditsioner, jamoat transporti harakat jadvalining tablosi, “Fuqaro—tezkor yordam xizmati” favqulodda aloqa axborot paneli, atrof-muhit monitoringi sensori, bepul Wi-fi internet tarmoqlari, video nazorati hamda USB elektr tarmog‘i nuqtalari o‘rnatilgan. Har bir bekatda quyosh panellari ham bo‘lib, bu panellardan olinadigan energiya bekatning yoritgichlari va USB elektr tarmog‘i nuqtalarini avtonom elektr energiyasi bilan ta’minlash quvvatiga ega.

    Bundan tashqari, endi bekatdagi odamlar soni to‘g‘risida tezkor ma’lumotlar to‘plash imkoniyati ham paydo bo‘lgan, bu yo‘nalishdagi transportni rejalashtirishga sharoit yaratadi. Shuningdek, bekatlarda va ularning yon-atrofida jamoat tartibini buzish holatlari bo‘yicha tezkor ma’lumot olish ham mumkin. Bekatlarga bank to‘lov terminallari ham o‘rnatilgani aholiga yana bir qulaylik beradi.

    Bekatni jihozlashda mayda narsalarga e’tibor qaratilgani ham diqqatni tortmay qolmaydi. Uchta bo‘linmaga ega chiqindi qutichalari axlatlarni turlariga qarab ajratish imkoniyatini beradi. Bu o‘z navbatida aholining ekologik madaniyatini o‘sishiga hissa qo‘shadi. Bekatlarga o‘rnatilgan poyabzallarni tozalash uskunalari yo‘lovchilarni saranjom-sarishta yurishlariga, jamoat transportining ozoda saqlanishiga sabab bo‘ladi.

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

    Innovatsion bekatlarda qulaylikni ta’minlash maqsadida uning orqa va yon modullari uyali polikarbonatli ustunlardan iborat bo‘lib, laminatlangan qulay o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Mavsumiy iqlim o‘zgarishlarini inobatga olgan holda bekatlar ochiq va yopiq kutish zallaridan iborat. Shuningdek, “aqlli” bekatning o‘zgaruvchan havo iqlimiga chidamliligini oshirish maqsadida uning ichki tomonida iqlimni nazorat qiluvchi moslamalar joylashtirilgan.

    Bekatlar oynaband, ammo oynalari oddiy emas, innovatsion. Shu oynalar kech tushgach katta ekran rolini o‘ynay boshlaydi. Ular orqali turli ijtimoiy va tijorat reklama roliklarini namoyish etish boshlab yuborildi. Bu roliklarni bekatni ichidan ham, tashqarisidan ham tomosha qilish imkoniyati mavjud.

    Ushbu innovatsion bekatlar aholi uchun ham, jamoat transportlari qatnashi uchun ham zamonaviy shart-sharoitlarni yaratishi bilan ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda. Keyinchalik bunday bekatlar boshqa shahar va tumanlarda qurilishi kutilmoqda. Termiz shahri hokimligi tomonidan shaharning o‘zida yana 50 ta “Aqlli bekat” barpo etilishi rejalashtirilgan.

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

    Anchayin mablag‘ talab qiladigan bu loyihaning moliyalashtirilishning yarmi davlat tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, yarmi tadbirkorlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun 28 yoshli tadbirkor Olimjon Sapparovga 14 foizli imtiyozli kredit ajratildi.

    30.06.2018, 19:41   Izoh (0)   47147
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shahrisabzlik Qahramon Uzoqov nogironlik aravachasida sayohatga chiqib, 300 km masofani bosib o‘tdi

    30.06.2018, 15:30

    O‘zbekistonda 2018-yilda birinchi marta deflyatsiya qayd etildi

    30.06.2018, 15:12

    Davlat soliq qo‘mitasi tizimida 1245 nafar xodim ishdan bo‘shatildi

    30.06.2018, 14:43

    Samarqand viloyat IIB dronlardan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi

    30.06.2018, 14:28

    Davlat test markazi yopiq ish rejimiga o‘tkazildi

    30.06.2018, 14:00

    “Yoshlar kuni” munosabati bilan qurol-aslaha ko‘rgazmasi, velomarafon va harbiy orkestr namoyishlari tashkillashtirildi (foto)

    30.06.2018, 13:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent aeroportida ikki qizni Hindistonga fohishalikka jo‘natayotganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 15:40

    “Nijniy Novgorodda harbiy holat eʼlon qilinmagan” Toshkentdagi universitet talabalarining videochiqishiga munosabat bildirildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 15:32

    Madonna Rim papasiga G‘azoga borishni da’vat qildi

    Dunyo | 12 avgust, 15:20

    Telegram tovlamachilik bilan shug‘ullanuvchi kanallarni bloklaydi

    Dunyo | 12 avgust, 15:10

    Rossiyada migrant bolalar uchun maktab ta’limi pullik bo‘lishi mumkin

    Dunyo | 12 avgust, 14:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.