24-iyun kuni Toshkent viloyatining Piskent tumanida, Birlik mahallasida joylashgan markaziy kasalxona hududidan oq matoga o‘ralgan yangi tug‘ilgan chaqaloq topildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Chaqaloq o‘g‘il bola bo‘lib, sog‘lom holda ekanligi aniqlandi.
Hozirda uning onasini aniqlash choralari ko‘rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)