Buxoro viloyatining Jondor tumanida 23-iyun kuni Peshku tumanida yashovchi A.R. Nexia mashinasini “Samarqand—Buxoro—Turkmanboshi” yo‘lining 292-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U qarshisidan kelayotgan Olot tumanida yashovchi J.B. boshqaruvidagi “VAZ-21011” rusumli mashina bilan to‘qnashuv sodir etishi oqibatida ikkala avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi.
Yuz bergan to‘qnashuvda “VAZ-21011” mashinasi yo‘lovchisi, Olot tumanida yashagan L.K. olgan jarohatidan voqea joyida, Nexia yo‘lovchisi, Qorako‘l tumanida yashagan A.J. kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumdi.
Haydovchilar A.R. va J.B. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.
Izoh (0)