FIFA tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi so‘rovnomada Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn Panamaga qarshi kechgan uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.
Harri Panama bilan uchrashuvda 3 ta gol urib, xet-trik qayd etdi. Gollaridan 2 tasini penaltidan kiritgan bo‘lsa, yana biri yo‘l-yo‘lakay Panama o‘yinchisiga teggan holda darvozadan joy oldi. Bu orqali Keyn JCh—2018 to‘purarlari poygasida peshqadam bo‘lib oldi. Uning hisobida endilikda 5 ta gol bor. Keyndan keyingi o‘rinlarda 4 tadan gol bilan Krishtianu Ronaldu hamda Romelu Lukaku bormoqda.
Angliya esa mazkur g‘alabadan so‘ng muddatidan avval keyingi bosqichga chiqdi.
Izoh (0)