FIFA tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi so‘rovnomada Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Marko Roys Shvetsiyaga qarshi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.
Roys uchrashuvning 48-daqiqasida nemislarning hisobni tenglashtiruvchi goliga mualliflik qildi. Germaniya shvedlarga qarshi 1 kishi kam bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Germaniya JCh—2018 dagi ilk 3 ochkosini o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Izoh (0)