Nyu-York birjasidagi savdo sessiyasida Facebook aksiyalari qiymati kompaniya tarixida birinchi marta 200 AQSh dollaridan oshdi. Bu haqda MarketWatch’ga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Facebook aksiyalari qiymati 2,53 foizga oshgan va ayni paytda bir aksiya qog‘ozining narxi 202,49 dollarga teng. 2018-yil boshidan Facebook kapitali 14,3 foizga oshdi va jami 570 milliard AQSh dollarini tashkil qildi.
Mart oxirida Cambridge Analytica kompaniyasi Facebook foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini olgani katta janjalni keltirib chiqardi. Natijada Facebook kompaniyasining bozordagi qiymati 45 foizga oshdi.
Facebook asoschisi Mark Sukerberg mart oxirida 50 million foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlanganini tan olgan. 2013-yili Buyuk Britaniyaning Cambridge Analytica kompaniyasi Facebook foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini olgan. Kompaniya AQShdagi prezidentlik saylovlari vaqtida aholining fikrini o‘rganish uchun Facebook’dagi ma’lumotlardan foydalangan. Olingan ma’lumotlar asosida foydalanuvchilarning siyosiy qarashlaridan kelib chiqqan holda ularga reklama xabarlari yuborib turilgan.
Izoh (0)