FIFA tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi so‘rovnomada Braziliya terma jamoasi a’zosi Filippe Koutinyo Shveysariyaga qarshi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.
Braziliya—Shveysariya uchrashuvi tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. Koutinyo esa esa birinchi bo‘limning 20-daqiqasida jarima maydonchasiga kirmasdan turib, o‘ziga xos zarba bilan Yan Zommerni dog‘da qoldirib, hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi.
“E” guruhi peshqadamligi esa hozircha Kosta-Rikani mag‘lub etgan Serbiyaga nasib etib turibdi.
Izoh (0)