AQShning Florida shtati Brevard okrugida yashovchi 23 yoshli Derek Eytel Facebook’da Walt Disney World istirohat bog‘iga borib, u yerdagi hammani otib tashlashni tahdid qildi. Bu haqda Florida Today’ga tayanib, Forum Daily xabar qilmoqda.
“5 ta layk va men Disney’ga borib, hammani otib tashlayman, qaytib kelib o‘zimni osaman”, — deb yozgan Eytel.
Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, chatda o‘sha vaqtda 800 dan ortiq qatnashchi bo‘lgan. Ulardan ikki nafari politsiyaga murojaat qilgan.
Tergov vaqtida Eytel tahdidli xabar yozganini tan olgan.
Eytel yozma shaklda qotillik va tan jarohati yetkazishga tahdid qilganlikda aybdor deb topilgan. Hozirda u Brevard okrugining qamoqxonasida saqlanmoqda. Sud uni 100 ming dollar garov evaziga qamoqdan ozod qilishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)