Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya Rossiyaning S-500 zenit-raketa majmuasini ishlab chiqarishda qatnashishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u 24 TV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Turkiyaga S-400 majmualari uchun foydali shartlar bilan kredit taqdim etgan.
“Biz qo‘shma ishlab chiqarish jarayonining ikkinchi va uchinchi bosqichlarida qatnashamiz. Ehtimol, biz birgalikda S-500 ni ishlab chiqararmiz”, — dedi Erdo‘g‘on.
Turkiya prezidenti bunday taklifni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bildirganini aytgan, ammo uning javobi haqida hech narsa demagan.
Izoh (0)