Singapur KXDR — AQSh sammitini yoritgan jurnalistlar tashrifi hisobiga 5,3 million dollar ishlab oldi, deb yozadi “TASS” Ngee Ann Polytechnic instituti katta ilmiy xodimi Maykl Chiamga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat yetakchilari uchrashuvini qariyb 4 ming nafar OAVlar vakillari yoritgan, ularning har biri bu yerda o‘rtacha uch kun bo‘lib, bir kecha-kunduzda kamida 449 dollar sarf qilgan. Bundan tashqari, ekspert AQSh delegatsiyasi xarajatlari ancha katta bo‘lganini taxmin qilmoqda.
Ayni vaqtda, media-samaradorlikni baholovchi Meltwater kompaniyasi bo‘lib o‘tgan sammit Singapurga kamida 524 million dollar daromad keltirishini prognoz qilmoqda. Bunday hisob-kitob jahon OAVlarida tilga olinish soni, auditoriya qamrovi, mahalliy mehmonxonalar tarixiy qadamjolarning iqtibos qilinishi kabilarga asoslanadi.
Avvalroq mamlakat hukumati sammitni o‘tkazish uchun qariyb 15 million dollar sarflanganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)