Kecha, 9-iyun sanasida Ostonada boks bo‘yicha Qozog‘iston prezidenti kubogining yarim final janglari bo‘lib o‘tdi.
Yarim final doirasida bo‘lib o‘tgan janglarda Shahobiddin Zoirov (-56 kg), Aliyor Noraliyev (-64 kg), Mahmud G‘oipov (-69 kg) va Isroil Madrimov (-75 kg) mag‘lubyat alamini totib ko‘rishga majbur bo‘ldi va turnirni bronza medali bilan yakunlaydigan bo‘ldi.
Bugun uch nafar o‘zbekistonlik bokschi musobaqaning oltin medali uchun ringga chiqadi:
-60 kg: Shunqor Abdurasulov – Gabil Mamedov (Rossiya)
-64 kg: Iqboljon Xoldorov – Bekdaulet Ibragimov (Qozog‘iston)
-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev – Bek Nurmagambet (Qozog‘iston)
Izoh (0)