O‘zbekiston Madaniyat vazirligi muassisligida yangi “Madaniyat” gazetasi nashr qilinadi, deb yozadi O‘zA.
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, unda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar tezkorlik bilan yoritib boriladi. Tizimdagi va uning tasarrufidagi muassasa va tashkilotlar faoliyati yanada kengroq targ‘ib qilinib, madaniyat sohasiga aloqador dolzarb mavzularda maqolalar berib boriladi.
Hozirgacha vazirlik muassisligida “Guliston”, “Teatr”, “Moziydan sado” jurnallari nashr etib kelinadi.
Izoh (0)