Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti arafasida Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Xitoyning Eksport-import banki bilan 500 million dollar miqdorida qarz bitimini imzoladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Xitoy Eksimbanki ilk bor Milliy bankka hukumat kafolatisiz kredit liniyasini ajratdi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, jumladan, valyuta bozorini erkinlashtirilishi mamlakat bank tizimiga xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlari tomonidan ishonchning oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Yangi kredit liniyasi O‘zbekistonga yuqori texnologik uskunalarni yetkazib berishga mo‘ljallangan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.