AQSh Somaliga berilgan aviazarbalar davomida “ash-Shabob” ekstremistik guruhining 27 jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari Afrika qo‘mondonligi press-relizida ma’lum qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“AQSh kuchlari Somali federal hukumati bilan muvofiqlikda 2-iyun kuni Bosaso shahridan taxminan 26 mil masofada ‘ash-Shabob’ jangarilariga aviazarba berdi. 27 nafar terrorchi o‘ldirilgan”, — deyiladi xabarda.
AQShning dastlabki baho berishicha, fuqarolar jabrlanmagan. AQSh Somalida “ash-Shabob” guruhiga muntazam zarbalar berib kelmoqda.
Izoh (0)