Qobuldagi politexnika universiteti yaqinidagi portlash 14 kishining umriga zomin bo‘ldi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Yana 17 kishi jarohat olgan.
Politsiyachilarning ma’lum qilishicha, xudkush-terrorchi majlisdan so‘ng binodan chiqayotgan teolog olimlar orasida portlab ketgan.
Portlashdan biroz avval tugagan majlisda teologlar urush va xudkushlarni qoralovchi fatvo qabul qilgan edi. Teologlar urushayotganlarni musulmonlarning qonini to‘kayotgani uchun shariatni buzuvchilar, deb atagan edi.
Hech bir terrorchilik tashkiloti terakt javobgarligini o‘z zimmasiga olmagan.
Izoh (0)