Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv vaqtida Moskva Vladimir Putinning Xitoyga amalga oshiradigan tashrifiga alohida e’tibor qaratayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Xitoyning tashqi siyosiy idorasi saytiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Rossiya prezident Putinning Xitoyga amalga oshiradigan davlat tashrifiga juda katta ahamiyat bermoqda va hozirgi tayyorgarliklarning borishidan mamnun”, — deydi Lavrov.
O‘z navbatida Van I Putinning Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan uchrashuvi ikki mamlakatning rivojlanishi yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Shuningdek, u Xitoyning mazkur tashrif muvaffaqiyatli va samarali bo‘lishi uchun Rossiya tomoni bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini bildirib o‘tdi.
Izoh (0)