Global raqobatbardoshlik indeksi 2017—2018-yillar davomida butun dunyo bo‘yicha eng yaxshi hamda eng yomon yo‘llarga ega mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ro‘yxatdan 137 ta davlat o‘rin olgan. Yo‘llarning sifati birdan yettigacha bo‘lgan shkalada aniqlandi. Ta’kidlash kerakki, birorta davlat eng yuqori ballni qo‘lga kiritmagan.
2,0 ball bilan dunyodagi eng yomon yo‘llar Mavritaniyada joylashgani aniqlandi. Undan keyingi pog‘onalarni Kongo Demokratik Respublikasi va Gaiti (2,1 ball) egallagan. To‘rtinchi hamda beshinchi o‘rinni Madagaskar va Gvineya band etdi (2,2 ball). Ro‘yxatning davomidan Yaman (2,3 ball), Paragvay (2,4 ball), Ukraina (2,4 ball), Mozambik (2,5 ball) va Moldova (2,5 ball) o‘rin oldi.
Dunyodagi eng yaxshi yo‘llarga ega mamlakatlar qatoriga esa Birlashgan Arab Amirligi (6,4 ball), Singapur (6,3 ball), Shveysariya (6,3 ball), Gonkong (6,2 ball), Niderlandiya (6,1 ball), Yaponiya (6,1 ball), Fransiya (6,0 ball), Portugaliya (6,0 ball), Avstriya (6,0 ball), shuningdek, AQSh (5,7 ball) yetakchilik qildi.
Rossiya 2,9 ball bilan ro‘yxatning 114-o‘rnini egalladi.
Izoh (0)