9-iyun kuni Xitoyda o‘tadigan ShHT davlat rahbarlari kengashi majlisi sammiti doirasida Rossiya rahbari Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Vladimir Putinning boshqa davlatlar rahbarlari bilan ham uchrashuvlari nazarda tutilgan.
“O‘zbekiston Prezidenti (Shavkat) Mirziyoyev, Tojikiston Prezidenti (Emomali) Rahmon, Eron Prezidenti (Hasan) Ruhoniy, Pokiston Prezidenti (Mamnun) Husayn bilan uchrashuvlarni rejalashtirmoqdamiz”, — ma’lum qildi Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Izoh (0)