Filippin prezidenti Rodrigo Duterte BMTning maxsus hisobotchisi Diyego Garsiya-Sayanni haqorat qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ekspert Filippin sud tizimini tanqid ostiga olgan edi. Duterte bunga keskin javob qaytardi.
Oldinroq davlat rahbari bosh sudya Mariya Lurdes Sereno prezidentning qator takliflarini qabul qilmagani bois iste’foga chiqargan edi. Sudlar va advokatlar mustaqilligi bo‘yicha maxsus hisobotchi bu qadamni sud mustaqilligiga tahdid deb atadi.
“Unga ayting, mamlakatim ishlariga aralashmasin. Jin ursin uni”, — dedi Duterte.
Izoh (0)