Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida 1-iyun kuni 2 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH ro‘y berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni Amudaryo tumani, Xitoy mahallasida yashagan, R.O‘. Nexia-3 rusumli avtomashinasini A-380 “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu” yo‘lining 681-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay, yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
Hodisa oqibatida haydovchi R.O‘. va uning bir yo‘lovchisi halok bo‘lgan. Yana bir yo‘lovchi jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)