Rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenko Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ma’muriyatining vakili tomonidan Ukraina fuqaroligini olish borasidagi taklifni qabul qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Fuqarolikni olishda yordam ko‘rsatish borasida gap bo‘ldi. To‘g‘risini aytaman, men rozi bo‘ldim”, — deydi jurnalist Kiyevda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani vaqtida.
Babchenkoning so‘zlariga qaraganda, unda Ukrainada doimiy yashash huquqi bor va oilasi ham muqim yashash uchun kerakli hujjatlarni topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, 29-may kuni Ukraina hukumati va OAVlari 2017-yildan buyon Kiyevdagi ATR telekanalida ishlab kelayotgan Babchenko otib ketilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ertasi kuniga esa Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsak Babchenkoning “o‘ldirilishi” maxsus operatsiyaning bir qismi bo‘lganligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)