Xalqaro valyuta jamg‘armasining vakili Jerri Raysning ma’lum qilishicha, uzoq davom etadigan savdo urushlari oxirida faqat mag‘lublar qoladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Uzoq davom etadigan savdo urushlarida barcha yutqazadi. Biz barcha mamlakatlarni savdo to‘siqlarini kamaytirishga va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uchun konstruktiv ravishda birgalikda ishlashga chaqiramiz”, — deydi Rays.
XVJ vakilining ta’kidlashicha, AQSh tomonidan po‘lat va alyuminiylarni mamlakatga olib kirishdagi bojlarning oshirilishi savdoga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, buning oqibatida avvalo “Katta sakkizlik” mamlakatlarida yashovchi qashshoq odamlar aziyat chekadi.
Izoh (0)