KXDR rahbari Kim Chen In va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov oliy darajadagi uchrashuvni amalga oshirish borasida o‘zaro kelishuvga erishdi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning STAK agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Shimoliy Koreya va Rossiya munosabatlarida strategik hamda an’anaviy aloqalarini rivojlantirish maqsadida har ikki tomonning manfaatlari va yangi davr talabidan kelib chiqqan holda, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 70 yilligi nishonlanishi munosabati bilan yuqori darajadagi bitimlarni amalga oshirish borasida kelishuvga erishildi. Turli sohalarda o‘zaro hamkorlikni kuchaytiriladi, xususan, KXDR va Rossiya rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda”, — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir: Sergey Lavrov Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uchrashdi
Izoh (0)