Saudiya Arabistoni maslahat kengashi jinsiy zo‘ravonlik uchun jinoiy jazo tayinlash to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Qonun loyihasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qirol Salmonning tashabbusiga ko‘ra tayyorlangan. Endilikda jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 2 yilgacha qamoq jazosi va 26 600 AQSh dollari miqdorida jarima tayinlanadi. Qayta sodir etilgan jinoyat (retsidiv) uchun jazo o‘g‘irlashtiriladi — besh yilgacha qamoq va 80 ming AQSh dollari miqdorida jarima.
Qonunning maqsadi jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurashish va oldini olishdan iborat. Shuningdek, qonun jabrlanuvchining sirini oshkor etmaslik, shaxs qadr-qimmati va erkinligini poymol qilmaslikni ham nazarda tutadi. Shu bilan birga, jinsiy zo‘ravonlikka undash va nohaq ayblash uchun ham jazo belgilangan. Jabrlanuvchi politsiyaga bergan arizasini qaytarib olish yoki jinoyat qurboni bo‘lgani haqida huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor qilmaslik huquqiga ega emas.
Izoh (0)