“Rosatom” delegatsiyasi amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenevga ko‘ra, korporatsiya vakillari o‘zbek tomoni bilan atom sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda. U O‘zbekiston va Rossiya atom elektr stansiyasi qurish bo‘yicha kelishuvni tayyorlashni davom ettirayotganini qo‘shimcha qildi.
Nashr manbasi Rossiya delegatsiyasini korporatsiya bosh direktori Aleksey Lixachyov boshqarayotgani va u Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilayotganini bildirdi.
Izoh (0)