Ijtimoiy tarmoqlarda Telegram’dagi “Namanganliklar” va “Namangan-cars” kanali adminlari O.T., M.A. va J.B.lar o‘zaro til biriktirgan holda Namangan shahridagi “Sohil” kafesi rahbaridan tovlamachilik yo‘li bilan 600 AQSh dollari olgan paytda qo‘lga olingani haqidagi xabarlar tarqaldi, deb yozadi “Xabar.uz”.
“Xushnudbek.uz” Telegram-kanalida yozilishicha, yollangan bir guruh ayollar kafega kirib, ovqatdan suvarak chiqqanligini aytib janjal ko‘targan va ovqatdagi hasharotni videoga olib, videoni “Namanganliklar” kanali adminiga olib borib bergan.
Voqea tafsilotlariga ko‘ra, kanal admini oshxona egasini “Namanganliklar” kanalida 100 ming a’zosi borligi, agar video kanalga chiqarilsa, mijozlar oshxonaga kelmay qo‘yishi bilan qo‘rqitib, kafe egasidan pul talab qilgan.
Kafe egasi tegishli tashkilotlarga xabar berganidan so‘ng, tovlamachilikda gumon qilinayotgan adminlar 600 AQSh dollarini olayotgan paytda qo‘lga olingan.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)