Oldinroq rossiyalik jurnalist, Ukrainada yashab kelgan Arkadiy Babchenko otib ketilgani xabar qilingan edi. Endilikda aniqlanishicha, jurnalist tirik bo‘lib, u mamlakat maxsus xizmatlarining operatsiyasida ishtirok etgan ekan. Voqea tafsilotlarini Meduza keltirmoqda.
Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) Babchenko o‘ldirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. “Babchenkoning o‘ldirilishi” UXXning maxsus operatsiyasi bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya maxsus xizmatlari Babchenkoning o‘ldirilishi uchun 40 ming dollar va’da qilgan. Bundan dastlab Babchenkoning o‘zi xabar topgan, so‘ng Ukraina maxsus xizmatlariga ma’lum qilgan. Shunda u maxsus xizmat xodimlari bilan kelishgan holda o‘z o‘limining inssenirovkasida qatnashishga, shu yo‘l bilan buyurtmachini fosh qilishga va ijrochini qo‘lga olishga yordam berishga rozi bo‘lgan.
30-may kuni u matbuot anjumanida ishtirok etdi. Anjumanda u, xususan, xotinidan uzr so‘radi.
Buyurtmani olgan va “amalga oshirgan” yollanma qotil qo‘lga olindi.
Izoh (0)