Toshkent shahrida firibgarlik jinoyati sodir etildi, deb xabar bermoqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi O.Q. 2017-yilning martida Olmazor tumanida yashovchi B.X.ga va 2018-yilning yanvarida Yunusobod tumanida yashovchi T.I.ga Sergeli tumanidan 0,50 gektar yer maydonini olib berishni va’da qilgan. O.Q. aldash yo‘li bilan B.X.dan 40 ming va T.I.dan 8 ming 500 AQSh dollari olgan. O.Q. bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida O.Q. ushlangan.
Izoh (0)