27-may, yakshanba kuni Navoiy viloyati Nurota tumanida Nurota-Qizilcha yo‘lining 65-kilometrida Spark avtomashinasi qarama-qarshi tomondan kelyotgan “GAZ-53” yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada Spark avtomashinasi haydovchisi D.Q. va yo‘lovchi U.S. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.
Izoh (0)