Londonning Stensted aeroportida o‘nlab aviareyslar bekor qilindi yoki kechiktirildi. Bunga yashin urishi oqibatida samolyotlarning yoqilg‘i quyish tizimiga zarar yetganligi sabab bo‘ldi. Bu haqda aeroport bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Xabarda ta’kidlanishicha, hozirda muhandislar yoqilg‘i quyish tizimlari ishini qayta tiklagan, biroq reyslar yana biroz vaqt davomida bekor qilinishi va kechiktirilishi mumkin.
Aeroport yo‘lovchilarga parvozlar haqidagi ma’lumotni aviakompaniya saytlarida tekshirishni tavsiya qildi.
Buyuk Britaniyada 27-may, yakshanbaga o‘tar kechasi kuchli yomg‘ir bilan kuchli momaqaldiroq va yashin kuzatildi. BBC Weather meteorologik xizmati to‘rt soat davomida 15 mingtaga yaqin yashinni qayd etdi.
Izoh (0)