20-may, yakshanba kuni Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanining faol xotin-qizlari, kam ta’minlangan va ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalaridan iborat bir guruh sayohatchilarning “Yetti pir” ziyoratiga borishi tashkil qilindi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Sayohat Buxoro viloyat hokimligi, Turizmni rivojlantirish departamenti hamda Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda uyushtirildi.
Sayohat pirlarning eng avvali Abduxoliq G’ijduvoniy xoklarini ziyorat qilishdan boshlandi. Shuningdek, sayohatchilar Xo’ja Orif Revgariy, Xo’ja Muhammad Anjir Fag’naviy, Xo’ja Ali Romitaniy, Xo’ja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol ziyoratgohlariga bordi. Sayohat naqshbandiya tariqati asoschisi Xo’ja Bahouddin Naqshbandiy xokini tavof qilish bilan yakunlandi.
Izoh (0)