22-may, seshanba kuni Moliya vazirligida “Gazprombank” AJ mutaxassislarining Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda moliya bozorining rivojlanishiga qaratilgan hamkorlik, davlat-xususiy sherikchilikni amalga oshirish, istiqbolli investitsion loyihalarni moliyalashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadida tajribaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
“Gazprombank” AJ jamoaviy obligatsiyalar chiqarishni tashkil etish, xususiy bank xizmati sohasida aktivlarni boshqarish, korporativ moliyalashtirish bo‘yicha Rossiyaning yetakchi moliyaviy instituti hisoblanadi.
Izoh (0)