To‘rtko‘l tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shaharning Nukus ko‘chasi 31-uyda yashovchi fuqaro Ergash Kozubayev yozma murojaat etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Arizada ko‘rsatilishicha, uning xonadonida 3–4 yildan beri tabiiy gaz yo‘qligi sababli xonadon tabiiy gaz tarmog‘idan ajratib qo‘yilgan. Ammo tarmoqdan ajratmasdan oldin barcha hisob-kitoblarni to‘liq amalga oshirgan iste’molchining uyiga 2018-yil 11-may kuni tumangaz korxonasi xodimlari tomonidan 257590 so‘m qarzdorligi mavjudligi aytilgan.
Mazkur murojaat tuman jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi va iste’molchining xonadonida tabiiy gazdan hech qanday qarzdoriligi yo‘qligi aniqlandi.
Izoh (0)