Xorazm viloyatida gazdan asossiz ravishda salkam 2 million so‘m qarz qilib qo‘yilgan fuqaroning huquqlari tiklandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Xorazm viloyati Urganch tuman Chakkasholikor qishlog‘ida yashovchi fuqaro Umida Ortiqova barcha to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab keladi. Ammo “Urganchtumangaz” ta’minoti xodimlari tomonidan гтштп xonadoniga ortiqcha 7876 metr kub ko‘rsatkich yuklatilgan va bundan asossiz 1 million 989 ming 283 so‘m qarzdorlik va unga 187 000 so‘m penya hisoblangani haqidagi xabardan so‘ng, u bu masalaga yechim topish maqsadida ko‘plab tashkilotlarga murojaat qilib ko‘rdi. Ulardan hech naf bo‘lmagach, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining tuman bo‘limiga huquqlarini himoya qilishni so‘rab murojaat qilgan.
Olib borilgan surishtiruvlarda tuman Majburiy ijro byurosi mutaxassislari ham ishtirok etdi. O‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, fuqaroga nisbatan asossiz qarzdorlik ko‘rsatilgan. Qayta hisob-kitoblardan so‘ng, fuqaroning huquqlari tiklandi.
Izoh (0)