Suriya muxolifati vakillari Ostonada bayonot bilan chiqdi. Ular navbatdagi muzokaralar uchun Rossiyaga borishdan bosh tortdi, deb yozadi “Nur.kz”.
Ostonadagi yig‘ilish chog‘ida kafil mamlakatlar — Rossiya, Turkiya va Eron Suriya nizosi bo‘yicha muzokaralarning kelgusi doirasi Sochida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi.
Ayni vaqtda, Suriya muxolifati delegatsiyasi rahbari Ahmad Tomning so‘zlariga ko‘ra, ularni Rossiyaga borishga hech qanday bahona ko‘ndira olmaydi.
Bunday bayonotni muxolifatning yana bir a’zosi ham bildirdi. “Rossiya o‘z pozitsiyasini, nima istayotganini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Agar ular bizni muzokaralar uchun Sochiga chaqirsa, biz u yerga bormaymiz”, — dedi Yosir Abdulrahim.
Suriya bo‘yicha muzokaralarning to‘qqizinchi doirasi Ostonada 15-may kuni yakunlandi.
Izoh (0)