BMT Xavfsizlik kengashi 15-may kuni G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilishini falastinliklar va isroilliklar o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvda halok bo‘lganlarning xotirasiga bir daqiqa sukut saqlash bilan boshladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Bir daqiqalik sukut ayni vaqtda BMT Xavfsizlik kengashining raisi hisoblangan Polshaning taklifi bilan e’lon qilingan.
G‘azo sektoridagi namoyishlar 14-may kuni Isroil tashkil topganining 70 yilligi va AQSh elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirilishi kunida yuz bergan. Isroillik harbiylar namoyish qatnashchilariga qarata o‘t ochgan.
G‘azo sektori chegarasida isroillik harbiylar bilan yuz bergan to‘qnashuv oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 61 kishiga yetgan.
Izoh (0)