Kongo demokratik respublikasida Ebola bezgagi tarqalgani oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.ru”.
Yana 39 kishi Ebola virusini yuqtirib olgan.
Qayd etilishicha, virusni yuqtirib olgan insonlar bilan aloqada bo‘lgan 393 kishi hozirgi paytda nazorat ostida.
Bezgak Bikor, Ibok va Vangata shaharlarida keng tarqalgan.
Izoh (0)