15-may, seshanba kuni aerobus kattaligidagi asteroid Yerdan nisbatan yaqin masofada uchib o‘tdi, ammo to‘qnashuv xavfi yuzaga kelmadi, deb yozadi “TASS” Kembridj (Massachusets shtati)dagi Smitson astrofizika observatoriyasi qoshidagi Kichik sayyoralar markazi tadqiqotchilariga tayanib.
2010 WC9 deb nom olgan asteroid Toshkent vaqti bilan 16-may kuni 03:05 da Yerga 203,4 ming km masofada yaqin kelib, sayyora va Oy oralig‘idan uchib o‘tdi.
Asteroidning diametri 36—119 metr atrofida, u soniyasiga taxminan 13 km tezlikda harakatlanadi va Quyoshni 1,12 Yer yili ichida aylanib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, 2010 WC9 birinchi marta 2010-yil 30-noyabrda Arizonada Katalina osmon kuzatuvi yordamida aniqlangan edi. Astronomlar kosmik obyektni 1-dekabrga qadar kuzatdi, xolos, shundan keyin u ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Qariyb sakkiz yildan keyin Amerika observatoriyasi xodimlari 2010 WC9’ni yana qayd etdi.
Izoh (0)