Innovatsion rivojlanish vazirligi BMTning Sanoatni rivojlantirish bo‘limi UNIDO bilan hamkorlik borasidagi loyihaning dastlabki muhokamasi bo‘yichaO‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti va Germaniyaning Festo Group kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ushbu hamkorlik respublikada sanoatning yanada rivojlanishi va yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga turtki bo‘ladi, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston 1994-yil 26-aprelda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UN Industrial Development Organization) a’zo davlatlar qatoriga qo‘shilgan. Shunday bo‘lsada, ushbu tashkilot bilan hozirga qadar yaqin hamkorlik aloqalari to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan.
Tashkilot ko‘plab hamkor davlatlar bilan birgalikda “Mamlakatlar Hamkorligi Dasturi” (Program for Country Partnership) va boshqa bir necha loyihalar orqali sanoatning deyarlik barcha tarmoqlari doirasida ko‘plab investitsion loyihalarni amalga oshirib keladi.
Izoh (0)