9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev Botanika bog‘i, “Bratskiye mogili” (Birodarlik qabri) yodgorlik majmuasi, “Xalqlar Do‘stligi” maydoni, “G‘afur G‘ulom” va “Ashxobod” bog‘lariga tashrif buyurdi. Bu haqda shahar hokimliginin Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilindi.
Tashrif davomida Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi maydonda yig‘ilgan mehmonlarni bayram bilan qutlashdi va ular bilan muloqot qildi.
Muloqot davomida yig‘ilgan mehmonlar qiziqtirgan savol va takliflarini berdi. Xususan, bog‘larning ish vaqtini uzaytirish haqidagi taklif shu joyning o‘zida qanoatlantirildi va yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan iliq olqishlandi. Endilikda Toshkent shahri aholisi bog‘larda o‘z yaqinlari va oilalari bilan yanada unumli va mazmunli vaqt o‘tkazishlari mumkin.
Izoh (0)