Namangan shahridagi Xotira xiyobonida Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 73 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Xiyobonda 1941—1945-yillardagi muhit aks etdi. Urushdan qaytmagan minglab yurtdoshlar xotirasi yodga olindi, ota-bobolarning front ortidagi zahmatli faoliyati e’tirof etildi.
Ikkinchi jahon urushi davridagi harbiy texnikalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat rahbarlari faxriylarni ayyom bilan samimiy qutladi.
Yoshlar ularga bayram lentalarini taqdim etdi.
Izoh (0)