Ukraina poytaxti Kiyevda sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Noxush hodisa shaharning Kurenyovka hududida sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Portlash sodir bo‘lgan joyga politsiya xodimlari, tezkor guruh yetib kelib, hodisani o‘z nazorati ostiga olgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, granata portlagan bo‘lishi mumkin.
Huquq-tartibot organlari xodimlari halok bo‘lgan fuqaroning shaxsini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda. Guvohlardan birining aytishicha, porlash oqibatida boshpanasiz odamlardan biri halok bo‘lgan. U ijaraga beriladigan binoning kirish qismida o‘tirgan bo‘lgan.