“O‘zstandart” agentligi tomonidan tizim va tashkilotlarga xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qo‘shma korxonalarni tashkil etish va bu jarayonda istiqboldagi manfaatga asoslangan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu haqda agentlik saytida xabar berilgan.
Mazkur masalalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan Qashqadaryo Sinov va sertifikatlashtirish markazi yangi taklif bilan chiqdi. Unga ko‘ra, Qarshi shahrida yangi zamonaviy markazlashgan “Kampus” sinov laboratoriya kompleksi quriladi.
Qashqadaryo Sinov va sertifikatlashtirish markazining tashabbusi kelgusida o‘zining ijobiy natijalarini berishi kutilmoqda.
Izoh (0)