Amerika KXDR bilan tinchlik bitimi imzolashga erishgan taqdirida ham, mamlakat armiyasi Koreya Respublikasini tark etmaydi. Bu haqda “Ryonxap” Janubiy Koreya prezidenti devoniga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Hukumatning pozitsiyasi shundan iboratki, Koreyadagi AQSh harbiy kuchlari mamlakatni o‘rab turgan Xitoy va Yaponiya kabi yirik davlatlar o‘rtasida vositachi rolini o‘ynaydi. Mamlakat AQSh qurolli kuchlarining ishtirokiga ehtiyojni shu bilan izohlaydi”, — dedi Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning vakili.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda mamlakat hududida 28,5 ming amerikalik askar bor.
Izoh (0)