O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustavni Shvetsiya milliy bayrami – Qirol tavalludi kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
30-aprel kuni Stokgolmdagi Qirollik qasri yaqinida to‘plangan mamlakat aholisi nafaqat qirolni ko‘rish baxtiga, balki unga o‘z sovg‘alarini topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ushbu kun shahar markazida harbiy parad bo‘lib o‘tadi.