Boliviyaning sobiq prezidenti, mamlakat armiyasining sobiq generali Luis Garsia Mesa Kossmildagi harbiy gospitalda vafot etdi. U 88 yoshda edi. Bu haqda mahalliy La Razon gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Mesa avvalroq uchta infarktni boshdan kechirgan. Boliviyaning sobiq prezidenti 28-aprel kuni intensiv terapiya uchun shifoxonaga yotqizilgan edi. Luis Garsia Mesa 29-aprel kuni mahalliy vaqt bilan tonggi 3:00 da vafot etgan.
Siyosatchi shifoxonaga qamoqxonadan o‘tkazilgan. 1995-yilda Boliviya Oliy sudi mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlik va inson huquqlarini ko‘p sonli buzganlik uchun uni 30 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilgan edi.
Izoh (0)