Fransiya prezidentining rafiqasi Brijit Makron Amerika yetakchisining rafiqasi Melaniya Tramp unda qanday taassurot qoldirganligi haqida so‘zlab berdi. Bu haqda u Le Monde gazetasiga ma’lum qildi, deb yozadi The Guardian.
Uning so‘zlariga qaraganda, Trampning rafiqasi mehribon, maftunkor, aqlli va juda ochiq. U, shuningdek, Melaniya omma oldida biroz xo‘mraygan ko‘rinishi mumkinligi, biroq aslida u bunday emasligini qo‘shimcha qildi. “U biror narsadan oson kulib yuborishi mumkin, biroq buni menga qaraganda kamroq ko‘rsatadi”, — ta’kidlaydi Brijit.
Shu bilan birga Makronning rafiqasi, Melaniyaning hayot tarzi ancha cheklanganligini ma’lum qildi. “U hatto Oq uyning derazasini ocha olmaydi. Ko‘chaga chiqa olmaydi. Uning cheklovlari menikiga qaraganda ko‘proq”, — deydi Fransiya birinchi xonimi va u Parij ko‘chasiga har kuni chiqishini qo‘shimcha qildi. Brijit o‘g‘li, ikki qizi va nabiralari bilan uchrashib turishini ma’lum qildi.
Izoh (0)